PF
200
Pikfloumetr Astmani kundalik monitoring qilish uchun
Xususiyatlar
Microlife PF 200 — bu raqamli qurilma bo‘lib, u bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarning nafasini monitoring qilish uchun maksimal ekspiratsiya tezligini (PEF) va bir soniyada majburiy ekspiratsiya hajmini (FEV1) o‘lchaydi.
Qurilma 240 ta o‘lchovni saqlaydi va natijalarni kompyuterga yuklash uchun USB porti bilan jihozlangan.
Bemorning nafas profili Asthma Analyzer dasturi yordamida nazorat qilinadi, ushbu dastur qurilma to‘plamiga kiritilgan yoki bizning veb-saytimizdan yuklab olish mumkin.
Yuqori aniqlik
Maksimal ekspiratsiya tezligi (PEF) va bir soniyadagi majburiy ekspiratsiya hajmi (FEV1) bilan o’lchash
240 ta o‘lchov uchun xotira
Oxirgi 240 ta o‘lchov sana va vaqt bilan saqlanadi
Natija indikatori
O‘lchov ma’lumotlarini intuitiv tushunish imkoniyati
Dasturiy ta’minot va foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma
Instruction manual PF 200
PDF, (3.4 MB)
Texnik tavsiflar
- Aylanuvchi qanotli g‘ildirak usuli
- Bolalar va kattalar uchun mos
- Professional tashish sumkasi
- Batareya bilan ishlaydi
- Devorga osiladigan ushlagich bilan jihozlangan
- Dasturiy ta’minot va ulash kabeli kiritilgan
- Model raqami: PF 200
- Og‘irligi: 150 г (batareya bilan)
- O'lchov aniqligi: 50 - 900 l. / min.